Vikiiqtibos uzwikiquote https://uz.wikiquote.org/wiki/Bosh_sahifa MediaWiki 1.45.0-wmf.9 first-letter Media Maxsus Munozara Foydalanuvchi Foydalanuvchi munozarasi Vikiiqtibos Vikiiqtibos munozarasi Fayl Fayl munozarasi MediaWiki MediaWiki munozarasi Andoza Andoza munozarasi Yordam Yordam munozarasi Turkum Turkum munozarasi TimedText TimedText talk Modul Modul munozarasi Islom Karimov 0 1808 18315 15371 2025-07-11T05:07:52Z Bekipediya 2189 /* Xalq haqida */ 18315 wikitext text/x-wiki [[:w:Islom Karimov|Islom Karimov]] Oʻzbekiston Respublikasi 1-Prezidentidir. [[File:Karimov Latvia.jpg|244px|thumb|right|''Farzandlarimiz bizdan koʻra kuchli, dono, bilimli va albatta baxtli boʻlishlari shart.'']] ==Nutqlardan== * Shuni taʼkidlash lozimki, mamlakatimizda, avvalo hudud va mintaqalarimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlarning samarasini oshirish, yurtimizda mavjud boʻlgan oʻta dolzarb muammolar, masalan, ishsizlik muammosini muhokama qilish yuzasidan Senat tomonidan tashabbuslar sezilmayapti.[http://www.press-service.uz/uz/gsection.scm?groupId=5254&contentId=17700] * Yuqori palata nafaqat ayrim qonun buzilish holatlarini aniqlashi, balki qonun talablarining bajarilmasligiga, qonun normalarining amal qilinmayotganiga sabab boʻlayotgan omillarning tagiga yetishi zarur.[http://www.press-service.uz/uz/gsection.scm?groupId=5254&contentId=17700] * Mintaqa mamlakatlari oʻrtasidagi munosabatlarga sovuqchilik tushurish, ularni muqobil davlatlararo birlashmalarni shakllantirish boʻyicha turli geosiyosiy kombinatsiyalarga tortishga astoydil urinishlar davom etmoqda. Bulardan maqsad oʻzining strategik manfaatlari yoʻlida mintaqadagi vaziyatni izdan chiqarishdir.[http://www.press-service.uz/uz/gsection.scm?groupId=5254&contentId=22304] * Bu yorugʻ olamda tili, dini va urf-odati turlicha boʻlgan yuzlab millat va elatlar yashaydi, lekin ularning barchasini birlashtiradigan qudratli bir vosita borki, uni boshqa hech narsa bilan qiyoslab boʻlmaydi: bu — musiqa, bu — ohang, bu — tarona.[http://www.press-service.uz/uz/gsection.scm?groupId=5254&contentId=12441] ==Yosh avlod haqida== * Hali suyagi qotmagan farzandlarimizni oʻz holiga tashlab qoʻysak, tarbiyasi, ilmi va maʼnaviyati bilan shugʻullanmasak, kelajakda ularning komil insonlar boʻlib yetishmogʻiga kim kafolat bera oladi? Biz jamiyatimiz, davlatimiz kelajagini kimlarning qoʻliga topshiramiz? [http://www.javob.uz/#7OmeMZQgkWeuCVz3.99] * Hech qachon boʻsh kelmang, aziz bolalarim, ertangi kun – kelajak sizniki![http://www.javob.uz/topic_list/197/yosh-avlod] * Siz, yoshlarimizga, mening aziz farzandlarimga qaratib aytmoqchiman: boʻsh kelmang, azizlarim, davr bizniki, marra bizniki![http://kun.uz/uz/news/2016/08/31/islom-karimovning-uzbekiston-halkiga-jullagan-bajram-tabrigi-ukib-esittirildi] ==Maʼnaviyat haqida== * Eng dahshatli narsa — bu fikr qaramligi, tafakkur qulligidir. Agar oddiy qilib aytadigan boʻlsak, xalqimizning "Yogʻochning boʻshini qurt yeydi", degan bir maqolini eslaylik. Xuddi shu kabi maʼnaviyati qashshoq, oʻzining mustaqil dunyoqarashiga, fikriga ega boʻlmagan odamga har qanday makkor oʻz taʼsirini oʻtkaza oladi. [http://www.javob.uz/#EPh0Vl1X3pgqLWEU.99] ==Vatanparvarlik haqida== * Biz global siyosatga aralashmaymiz, lekin bu biz unda ishtirok etmaymiz degani emas. MDH va Rossiyaga kelsak, biz ular bilan ittifoqmiz, bu barcha sohalarni qamrab oladi, ammo Oʼzbekiston ruslarni global miqyosdagi siyosiy ambitsiyalariga uchmaydi, himoya qilmaydi ham...[Mustaqillikga erishish ostonasida asaridan. 2011] * Dunyoda bu qadar boy merosga ega boshqa xalq ham bormi? Qonimizda ana shunday buyuklar qoni oqar ekan, biz farovon va goʻzal turmush yaratish uchun beqiyos imkonimiz bor, desak boʻladi. [http://www.javob.uz/#EPh0Vl1X3pgqLWEU.99] * Bu zaminda mustamlakachilikka qarshi kurash, milliy ozodlik va yurt mustaqilligini taʼminlash yoʻlida jon fido qilgan jasoratli kishilar dunyoga kelgan.[http://www.javob.uz/#7OmeMZQgkWeuCVz3.99] * Mustaqillik — bu eng avvalo XUQUQdir. [Mustaqillikga erishish ostonasida asaridan. 2011] ==Kelajak haqida== * Bizga bitiruvchilar emas, balki maktab taʼlim-tarbiyasini olgan shaxslar kerak. [http://www.javob.uz/#EPh0Vl1X3pgqLWEU.99] * Yaxshi yashashni istar ekanmiz, biz tezroq eskilik sarqitlaridan, illatlaridan qutulishimiz lozim. [http://www.javob.uz/#EPh0Vl1X3pgqLWEU.99] * Oʻzligini anglab etgan, qalbiga quloq solgan har bir inson oʻziga, men bu foniy dunyoda nima ish qildim, yana qanday ishlar qilishga vaqtim va qurbim etadi, degan savolni berishi kerak. [http://www.javob.uz/#EPh0Vl1X3pgqLWEU.99] ==Din haqida== * Koʻp asrlik islom tarixida yuksak maʼnaviyat darajasi masjidlar soni bilan emas, balki qavmning iymoni va eʼtiqodi butligi, mustahkamligi bilan oʻlchangan. [http://www.javob.uz/#EPh0Vl1X3pgqLWEU.99] ==Xalq haqida== * Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak. [http://www.javob.uz/quote/713] * Oʻzbek xalqi hech qachon hech kimga qaram boʻlmaydi. [Mustaqillikga erishish ostonasida asaridan. 2011] == Haqida == {{Q|Iqtibos=Oʻzbekistonning Islom Karimovi sobiq Sovet Ittifoqidan chiqqan va sovetlar afzal koʻrgan avtoritar usullarni saqlab qolgan holda postkommunistik oʻtish davridan omon qolgan sanoqli rahbarlardan biridir. Uning nomi qiynoqlar bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, [[AQSH]] Karimovning axloqiy meʼyorlari past ekanligidan foydalanib, terrorchilikda gumon qilinganlarni soʻroq qilishni Oʻzbekistonga topshirgani haqida ishonchli maʼlumotlar bor. 2005-yilda Karimovning qabihliklarining oshkoraligi yuzlab fuqarolarini qatl etishga buyruq berganida yaqqol namoyon boʻldi.|Muallif=David Wallechinsky |Izoh=Tyrants: The World's 20 Worst Living Dictators (2006), p. 3|Asl matn=Islam Karimov of Uzbekistan is one of a handful of leaders from the former Soviet Union who have survived the post-Communist transition while retaining the authoritarian methods favored by the Soviets. His name is synonymous with torture, and there is strong evidence that the United States outsourced the interrogation of terror suspects to Uzbekistan to take advantage of Karimov’s relaxed moral standards. In 2005, Karimov’s excesses came out of the closet when he ordered the massacre of hundreds of his citizens}} [[Turkum:Kishilar]] 3pjhsgzgqdngs9cpuvvu0lepnpbaiop