Vikiiqtibos uzwikiquote https://uz.wikiquote.org/wiki/Bosh_sahifa MediaWiki 1.46.0-wmf.23 first-letter Media Maxsus Munozara Foydalanuvchi Foydalanuvchi munozarasi Vikiiqtibos Vikiiqtibos munozarasi Fayl Fayl munozarasi MediaWiki MediaWiki munozarasi Andoza Andoza munozarasi Yordam Yordam munozarasi Turkum Turkum munozarasi TimedText TimedText talk Modul Modul munozarasi Event Event talk Shavkat Mirziyoyev 0 3222 26507 25660 2026-04-10T16:51:03Z Umarxon III 998 + 26507 wikitext text/x-wiki {{Shaxsiyat bilgiqutisi |Ismi = Shavkat Mirziyoyev |Tasvir = Shavkat Mirziyoyev.jpg |wikipedia = Shavkat Mirziyoyev |commons = Category:Shavkat Mirziyoev }} '''Shavkat Miromonovich Mirziyoyev''' (24-iyul, 1957-yil, Zomin tumani, Jizzax viloyati, [[OʻzSSR]]) – [[Oʻzbekiston]] davlat va siyosat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi prezidenti, [[Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari|Qurolli kuchlar]] Oliy Bosh qoʻmondoni (2016-yildan hozirgacha). Turli yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri (2003—2016) va [[Jizzax viloyati|Jizzax]], [[Samarqand viloyati|Samarqand]] viloyatlari hokimi (1996—2003) lavozimlarida faoliyat yuritgan. == Iqtiboslari == === 2016-yil === ==== 9-sentyabr ==== [[Islom Karimov|Islom Abdugʻaniyevich]] „Iqtisodiy mustaqillikka erishmasdan siyosiy mustaqillikni taʼminlab boʻlmaydi“ degan tamoyil va eng muhim ustuvor vazifani amalga oshirishni strategik masala deb hisoblar edilar<ref>{{cite web|url=https://kun.uz/uz/90289437#!|title=Shavkat Mirziyoyev: Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mustaqil taraqqiyot yoʻlini davom ettirishni oʻz vazifam deb bilaman}}</ref>. === 2017-yil === ==== 11-yanvar ==== Men sendan davlatning pulini soʻradim, oʻzimnikini yoki senikini emas<ref>{{cite web|url=https://www.youtube.com/watch?v=fkZGWeWZO3U|title=MIRZIYOYEVNING TANQIDIY YIG'ILISHI}}</ref>. ==== 12-iyul ==== Amaldorlar haqida matbuot, avvalo yoshlar matbuoti churq etmaydi. Mana gazetani oʻqiyman, hammasi zoʻr, besh yuz foiz. Birorta hokim yoshlar bilan uchrashmadi, bu boʻlmayapti, u boʻlmayapti degan gap yoʻq. Hammasi zoʻr, yest qilamiz… „Yoshlar“ telekanali ham oʻz imkoniyatidan saramarali foydalanmayapti. „Yoshlar“ telekanali deydi, eshitinglar, unda yoshlarni hidi ham yoʻq. Quruq oʻsha safsata, bu gaplar boʻlmaydi. Ozodbekni bekorga taklif qilganim yoʻq, shu kanalning eng katta boshligʻi boʻladi. Tanqid qilish kerak, tanqidning tagi natija. Tanqidning ham maʼnosi, madaniyati, maʼrifati bor. Tanqid foydali boʻlishi kerak, ura-ura boʻlishi kerak emas. Shuning uchun men oʻzim taklif qildim, [[Ozodbek Nazarbekov]] bosh boʻlsin<ref>{{cite web|url=https://www.amerikaovozi.com/a/uzbek-media-president/3941153.html|title=Tanqid qiling, deydi O'zbekiston rahbari o'z iznidagi matbuotga}}</ref>. ==== 22-dekabr ==== Nima uchun men buni bir yil repetitsiya qildim? Mana, menga olib keladi – sudga qoʻl qoʻyish uchun. Men qanday unga qoʻl qoʻyaman, u uch oydan keyin korrupsiyaga aralashib ketmoqda. Shuning uchun mana Sudyalar oliy kengashi boʻldi. Lekin, menga olib keladi, baribir men uni koʻraman. Men uni qayerdan taniyman? Rosa maqtaydi. Men Oliy sudning raisi va uning muovinlaridan mutlaqo noroziman. Uch oyni ichida toʻrtovingni ham ishdan olaman. Sen oʻylama – sayladi-yu qoʻyadi, deb. Yoʻq, menga xalq vakolat bergan, boshqa hech kim emas. Sizlarning oyogʻingiz yerdan uzilsa, men insofli, deb qoʻyganman oʻsha yerga. Daftarda olib kelib, plyus-minus qilib berayotganini men ham eshitmoqdaman. Oʻrtoq Ismoilov, u oʻyinlarni yigʻishtiring. Umring uzoq boʻlmaydi. [[w:Adham Ahmadboyev|Ahmadboyevni]] general unvonidan mahrum qildim, bilasan hozir qayerda yurganini. Sotqinligi, xiyonatchiligi uchun! IIVning rahbari, Oʻzbekiston vaziri boʻla turib, bir-ikki toʻdaga qoʻshilgani uchun, uni vijdonim qabul qilmadi – ikkita generalini ham olib tashladim. General-leytenant emish<ref>{{cite web|url=https://daryo.uz/2017/12/22/u-bazi-todalarga-qoshilgan-edi-prezident-sobiq-ichki-ishlar-vaziri-adham-ahmedboyev-nima-uchun-ishdan-olinganini-aytdi|title=“U baʼzi toʻdalarga qoʻshilgan edi”. Prezident sobiq ichki ishlar vaziri Adham Ahmedboyev nima uchun ishdan olinganini aytdi}}</ref>. ==== 31-oktyabr ==== Parpiyevni Payariqqa yuborgandim. Uch soat yurganini eshitding-a? Uch soatda 95 million soʻm pulni joyiga qoʻydi. Men ham keyin talab qildim – 6 soatda qancha, bir kunda, bir oyda, bir yilda qancha pul boʻladi, hammasini joyiga qoʻying, dedim. Nimaga [[Botir Parpiyev|Parpiyevni]] joʻnatsam, uch soat ichida bir tumandan 95 million soʻm pul topiladi? 95 million soʻm pul! Qani byudjetning puli? Hammasi choʻntakka ketyapti. Uch yil ham ishlamasdan, toʻrt qavatli uy qurasan hammang, 20 ta mashina olasan. Qayerdan bular? Oylikdan olasanmi? Sal insofli boʻlgin! Oʻgʻri boʻl, insofli boʻl, sal. Menga tajribasi kerak emas. Yosh boʻlsa ham, davlat amalini olib, sadoqat bilan ishlasa boʻldi. Tajriba kerak emas. Tajribani oʻzim oʻrgataman. Menga sadoqat kerak. Tamom! Oʻzini qiynaydigan, Fargʻonani yaxshi koʻradigan odam kerak<ref>{{cite web|url=https://daryo.uz/2017/10/31/shavkat-mirziyoyev-soliqchilarga-ogri-bol-insofli-bol|title=Davlat soliq qoʻmitasi raisi Botir Parpiyev Prezidentning tun soat 3:00 dagi qoʻngʻirogʻidan soʻng Payariq tumanida uch soat yurgani haqida}}</ref>. === 2018-yil === ==== 11-yanvar ==== Bular hali xalqning qadriga yetmagan. Bularga berilgan maosh, berilgan pogonga loyiq ishlamagan. Birorta ish qilgani yoʻq. Bularning oʻz maxfiy ishi bor. Bu maxfiy ishi menga bogʻliq. Men bilan gaplashsin. Hokimning orqasidan quvib yurish zamoni tugadi. Hokim – mening vakilim. Nima emish, bir noinsof, bir tumanning MXX raisining mashinasini hokimning mashinasi quvib oʻtibdi. Shunga borib, uni qamab qoʻyibdi. Ey, kimsan oʻzi san? Kim senga bu vakolatni berdi? Kerak boʻlsa, men sening pogoningni olib tashlayman! U zamon oʻtib boʻldi. Surxondaryodagi vaziyat nima uchun menga alam qiladi? Men 13 yil bosh vazir boʻlganman. Bu yerdagi vaziyatni bilaman. Hokim hech kim emasdi. Hamma viloyatning hokimi ularning kabinetida edi. Salgina gap koʻtarsa, darrov gʻiybat qilib, ishdan olib tashlardi. „Bu oʻgʻri, bu toʻgʻri“, deb. Juda boʻlmasa bitta gʻiybatni boʻyniga qoʻyardi. U zamon tugadi. Men birortasiga ishonmayman. Bulardan birortasining maʼlumoti menga kerak emas. Shuni bilinglar. Toʻrt rahbar – ishla! Vatan uchun ishla, xalq uchun ishla! Qanchalik ogʻir boʻlmasin, bu Surxondaryoga taalluqli. Bu masalada Surxondaryo chirib ketgan. Shuning uchun ham bu yerga birorta biznesmen kelmagan. Bulardan qoʻrqib kelmagan. Keldimi, darrov qamardi. „Bu Falonchining odami, bu Pistonchining odami, bu hokimning pul beradigan odami“, deb. Sen kimsan? Pul bermaydiganmiding sen, Gʻulomov degan iflosing, sotqining? Poraning boshida oʻzi oʻtirardi-ku hammasi<ref>{{cite web|url=https://daryo.uz/2018/02/08/men-bularning-birortasiga-ishonmayman-shavkat-mirziyoyev-mxxning-sobiq-mulozimini-sotqin-deb-atadi-audio|title=Shavkat Mirziyoyev MXXning sobiq mulozimini “sotqin” deb atadi (audio)}}</ref>. Uchta muovinni ishdan olib tashladim MXXning muovinlarini. Kecha mana ikkitasiga qoʻl qoʻydim. Sizlarda ham bittasi ishlagan Toshpoʻlatov degan, u ham it oʻgʻri. Bilasizlarmi, men halol xalqqa xizmat qilishga kelganman. Bu yerda men noinsoflarni bilaman. Yerga qarab yurganlarning qanday oʻgʻriligini. Hali hammasi joy-joyiga tushadi, shuni bilinglar. Hokimni toʻrtta vakili, mening vakilim. Qoʻrqmang hech qaysing. U zamon tugadi endi. Bularga ota-buvasidan qolgan vakolat yoʻq. Hech kimmas bular. Bularni gʻoʻdayishlari bizning davlatga juda ogʻir tushdi. Sizlarda ishlab ketgan bitta noinsof vatan hiyonatchisi boʻlib mana butun umr qamoqqa tushdi. Gʻulomov degan bir noinsof. Oʻshaning ildizlari bor bu yerda, haliyam bor. Shuning uchun bularning ildizlarini Toshkentda oʻrganib kelib, hammasini ishdan oldim. Mana men bugun Boysun Milliy xavfsizlik idorasining kattasi mayor Eshquvvatov Sunnatillo Ravshanovich degan gʻoʻdaygan itni ishdan oldirdim. Nimaga desangiz Milliy xavfsizlik oʻzini joyini bilsin, oʻzini ishi bilan shugʻullansin. Milliy xavfsizlik butun Surxondaryoni oʻldirgan. Ikkita-uchta sotqinlar, davlat sotqinlari bu yerda ishlab hamma yerni oʻldirgan. Shuning uchun men hammasidan oʻzim xabardorman. Mana qaror qabul qildim. Angor tuman MXX rahbari Abdumoʻminov Bahromni ishdan olish haqida. Adliya kapitani, tergov boʻlimi boshligʻi Berdimuhammedovni ishdan oldim. Hammasi bular Surxondaryoni bir paytlar ot oʻyin qilib tashlagan. Hamma tizimga arlashgan. Moy zavodi ularniki edi, oʻzimam bilardim buni. Don kombinati va boshqa butun tirik tashkilotlarni bu noinsoflar kirib harom qilib tashlagan, ana shu oldingi sotqinlar. Bir-ikkitasi Toshkentda yuribdi ertaga borib uni ham ishdan olaman. Shuning uchun mana polkovnik Haydarov. Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari. VMSGP deb yozadi, aslida bularni hammasi sotqin. Mana, men bugun hammasini ishdan oldim. Sizlar boshqa hayotda yashaysizlar, oyogʻing yerdan uzilgan. Hammang majlisga kelib oʻtirasan. Tuman majlisi boʻlsa ham bir yerini pisib majlisga kelib oʻtirsin. Boʻlmasa tarqatib yuboraman sizlarni, yopib tashlayman. Menga bunday xizmat kerak emas. Hammang poraxoʻrlik qilib hamma yerni sharmanda qilib yuribsan. Ponyatno Yusupov. Gospodin? Milliy xavfsizlik bizga kerak, adolatli halol pok odamlar kerak bizga. Bizga hokimni va boshqa davlat organlarini orqasidan poylaydigan xizmat kerak emas. Boʻldi u zamon tugadi! Qoʻldan kelmasa vallomatini ham ishdan olaman. Mana shuni bilinglar hammalaring. Davlat davlatchiligini qiladi. Hamma oʻz ishi bilan shugʻullansin. Ularga bunday huquqni bergan boʻlsa oldingi rahbarlar, endi unaqa rahbarlar yoʻq. Pogonni kim bergan bu noinsoflarga? Xalq bergan!<ref>{{cite web|url=https://www.ozodlik.org/a/29031266.html|title=Mirziyoev MXXning uch generali va o'nlab zobitlarini qamoqqa oldirdi}}</ref>. ==== 12-yanvar ==== Men mudofaa vazirining tavsiyasiga binoan, vazirning ikkita oʻrinbosari, Qurolli Kuchlar akademiyasi rahbari va Chirchiq harbiy bilim yurti boshligʻini lavozimidan ozod qildim. Hozirgacha harbiy okrug qoʻshin qoʻmondoni vazifasini vaqtincha bajarib kelayotganlardan biri bu lavozimga tasdiqlanmadi. Ayni paytda, qoʻyilgan talablarga javob bermayotgan va qoʻshinlar bilan faol ishlashdan oʻzini chetga olgan qirqqa yaqin harbiy xizmatchi mudofaa vaziri tomonidan ishdan boʻshatilgani, 36 nafarining lavozimi pasaytirilgani nimadan dalolat beradi? Bu birinchi navbatda, sohada harbiy kadrlar faoliyatini aniq baholashning reyting tizimi mavjud emasligini, oqibatda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish ishlari qoniqarsiz ekanini koʻrsatadi. Mana shu va boshqa mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tizimda barcha ishlarni zamon talablari darajasida tashkil etish, harbiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida men Bosh shtab boshligʻi hamda barcha harbiy okrug qoʻmondonlarini yangitdan tayinladim. Bu vazirimizning tavsiyasi bilan boʻldi. Nega desangiz, ular bilan vazir ishlaydi. [[Abdusalom Azizov]]ni Ichki ishlar vazirligidan Mudofaa vazirligiga qoʻyganim bejiz emas. Bu Mudofaa vazirligidagi muhitni mutlaqo oʻzgartirish kerak. Shu munosabat bilan barchangizni ogohlantirib aytmoqchiman: 2018-yil sizlar uchun katta sinov yili boʻladi. Nega deganda, har qaysi okrug oldida turgan vazifalar, mavjud tahdid va xavf-xatarlar bir-biriga oʻxshamaydi. Buni har qaysi rahbar chuqur bilishi va oʻz faoliyati uchun zarur xulosa chiqarib olishi darkor<ref>{{cite web|url=https://daryo.uz/k/2018/01/12/ozbekiston-mudofaa-vazirligida-36-harbiyning-lavozimi-pasaytirildi-40-ga-yaqini-ishdan-olindi/k/rss|title=Ўзбекистон Мудофаа вазирлигида 36 ҳарбийнинг лавозими пасайтирилди, 40 га яқини ишдан олинди}}</ref>. ==== 26-iyun ==== 27 yilda Fargʻonada bitta yangi korxona paydo boʻlgani yoʻq. Oʻsha eski [[:w:Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi|FNPZni]] shunday tagi bilan metallolomga tashlasak, bizga foyda boʻladi. Bunda chiqayotgan mahsulot bir tiyinga qimmat. Agar bu zoʻr ishlaganda… bu mahsulotni oʻsha oldingi bu yerdagi, kechirasizlaru qoʻpol boʻlsayam, [[:w:Kalamush|kalamushlar]] egallab olmaganda edi… Bu zavodni dabdala qilib ketgan oʻsha fargʻonalik kelinlar. Qoʻpol boʻlsayam. Hammalaring tushunyapsizlar kim toʻgʻrisida aytganimni. Men oʻzimga soʻz berganman, bir ogʻiz ham buyuk insonlarga nom keltirmaslikka. Nimaga desangiz, [[Sharof Rashidov]]ichning hayoti men uchun juda katta oʻrnak boʻlgan. Oʻzimizni oʻzimiz koʻmganmiz bir paytlar. Men bundan yiroqman, hech qachon bu narsa boʻlmaydi. Lekin u [[:w:Kalamush|kalamushlar]] qilgan Fargʻonani. Egallagan, hamma narsani dabdala qilgan. Buyam haqiqat! Shu Fargʻona [[:w:Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi|FNPZni]] ham ular egallagan edi. Men Bosh vazir boʻlib aralashmaganman. Aralashganimda bu yerda oʻtira olmasdim. Xiyonat qilgan xalqqa nisbatan ular hammasi bir boʻlib. Toʻda boʻlib, toʻda boʻlib xiyonat qilgan. Bironta deputat ham, bironta… aytolmasdik. Nimaga desangiz, aytish mumkin emasdi. Uniyam bugun aytishim kerak. Birovga yoqadimi, yoqmaydimi vijdonimning oldida tozaman. Toʻda oʻgʻirlagan Fargʻona viloyatini. Kim toʻgʻrisida aytganimni men hammalaring bilasizlar. U zamon tugadi endi<ref>[https://qalampir.uz/uz/news/fargonalik-kelinlar-dabdala-k-ilgan-zavodda-a%D2%B3vol-k-anday-6555 Fargʻonalik kelinlar dabdala qilgan zavodda ahvol qanday?]</ref>. ==== 4-avgust ==== Dunyoqarashingni oʻzgartirmasang, kech boʻladi. Senga oʻn kun muhlat, qadamlaring baribir yoqmayapti. Bitta oʻzing qolding, hammani ishdan oldim. Men oʻzi prokuror deganni, kechirasizlaru, judayam yomon koʻraman. Buni ochiqcha aytayapman. Tuman hokimi, viloyat hokimi boʻlib ishlaganimda koʻrganman. Bu noinsoflar prokurorcha boʻlib, yurishi oʻzgarib qolishini, odamni mensimay qoʻyishini juda yaxshi bilaman. Juda yaxshi bilaman. Oʻzi birinchi oʻgʻri ular. Yana hammani oʻgʻrilikka daʼvat qiladi. Eng katta oʻgʻri ular. Biz yangi bosh prokuror qoʻyganmiz. 80 foiz odamni oʻzgartirdik. Avvalgi bosh prokurordan qolgan oʻgʻri tizimdan qolganlarning asosiy qismini ishdan oldik. 15-20 foizi yuribdi. Fayziyev ham shulardan. Baribir oxirigacha oʻzgartiramiz. Yoki prokuror halol ishlaydi, yoki prokuraturani butunlay yoʻq qilamiz. Odamlarning boshiga balo bu prokurorlar. Halol ishlamasa, ketadi hammasi. Hamma aravani birdek tortishi kerak. Odamlarni rozi qilish kerak. Prokuror qachon yaxshi yashaydi? Xalq yaxshi yashasa! Lekin bularning uylarini qaranglar! Mashinalarini qaranglar! Nima, ular atom reaktori yaratganmidi? Bir-ikkitasi familiyasini toʻgʻri yoza olmaydi. Lekin prokuror boʻvoladi, keyin gʻoʻddayadi. Shuning uchun yomon koʻraman ularni. Bular izdan chiqib ketgan edi. Mana endi halol ishlashga harakat qilayotgan odamlar bilan ishlayapmiz. Ularga sharoitlar yaratib berayapmiz. Davlat kerak emas unaqalarga. Koʻchada bitta bezori hammani boshqarib yurishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Toshkent viloyatidayam hali bor bir-ikkita. Koʻpini dumini uzdik, yana bir-ikkitasi bor. Tagiga yeta olmayapman hozircha. Man hammasini bilaman, xudoga shukr. Oʻzidan ketganlarni koʻpi qamoqda oʻtiribdi. Bundan keyin ham oʻtiradi. Hozircha arqonni uzun tashlab qoʻyganman. Uzun qilib. Bittada tortvolamiz. Davlat bilan kim hazillashadi? Hech kim hech qachon hazillasha olmaydi. Xalq manfaati birinchi oʻrinda boʻlishi kerak. Prokuror shundan xulosa qilishi kerak. Bu yerda [[:w:Ravshan Muhiddinov|Muhiddinov]] degani prokuror boʻlgan. Koʻringlar, necha yilga kesilib ketdi. Hamma eshitsin: Biz uchun hech kim avtoritet emas. Faqat xalq, faqat xalq va yana bir marta faqat xalq. Mendan boshlab hammamiz xalqqa xizmatkormiz. Menda faqat bitta vakolat bor – xalq bergan ishonch. Shu tufayli tumanlarga borib yuribman. Xalq bergan vakolatim bilan shu ishlarni qilib yuribman. Boshqa vakolatim yoʻq. Manda vakolat yoʻgʻu, sizlarda qanday vakolat boʻladi? Kimsizlar? Noinsoflarni toʻgʻri yoʻlga boshlasak, jamiyatimiz oʻzgaradi. Shunday ishlamasak, tartib boʻlmaydi<ref>{{cite web|url=https://www.ozodlik.org/a/28657611.html|title=Shavkat Mirziyoev prokurorlarni "eng katta o'g'rilar" deb atadi}}</ref>. === 2019-yil === ==== 27-fevral ==== Ushbu masjid va maqbara maʼnaviyatimizni yanada yuksaltirishga, yurtimizda ezgulik nurini ziyoda etishga xizmat qilishi kerak<ref>[https://daryo.uz/2019/02/27/suzuk-ota-maqbarasi-va-jome-masjidining-atrofini-obodonlashtirish-ishlari-davom-etmoqda-foto „Suzuk ota“ maqbarasi va jome masjidining atrofini obodonlashtirish ishlari davom etmoqda (foto)]</ref> ==== 21-iyun ==== „Bu nima degan gap? Mansab bersa, darrov oʻzgarib qoladi. Viloyat prokurorlaridan 100 ming, 50 ming dollarlab olinadi. Prokuratura va soliq tizimidagilarning hammasi poraxoʻr. Men buni yaxshi bilaman. Men [[w:Otabek Murodov|Murodovga]] ishonch bildirgandim. Prokuraturada korrupsiya boʻlaveradigan boʻlsa, men qanday qilib investorlarni jalb qilaman? Investor deputat yoki hukumat odamidan emas, tadbirkordan soʻraydi davlatdagi holat haqida. Tadbirkor nima deydi? Prokuror ham, vazir ham pul oladi deydi-da! Sobiq rahbarlarning hammasi, u [[w:Ixtiyor Abdullayev|Abdullayev]] boʻladimi boshqasimi, katta muddat bilan ketadi“<ref>[https://m.kun.uz/news/2019/06/21/prezident-otabek-murodov-haqida-men-unga-ishonch-bildirgandim Prezident Otabek Murodov haqida: Men unga ishonch bildirgandim]</ref> ==== 4-avgust ==== Mening siyosatimga eng katta dushmanlik qilganlardan biri – [[Xorazm viloyati]] hokimi janob [[:w:Farhod Ermanov|Ermanov]]. Ermanovga internetdagi izohlardan senga va senga oʻxshagan noinsoflaringga „tabrik“ joʻnataman. Sen va mening siyosatim toʻgʻrisidagi bugun chiqqan izohlarni oʻqi. Sen noinsof menga doʻst boʻlsang, buzish qoʻlingdan kelmas ekan, nima qilasan u yerni buzib? Mana, izohlarni oʻqi. Atrofingda oʻtirgan odamlaring bilan mana menga qilgan dushmanliklaring. Buzishdan oldin kallang bilan oʻylab koʻrmaysanmi, buzgandan foyda bormi yoki yoʻq? Bularni oʻqib men qanday kabinetimda tinch oʻtira olaman? Qashqadaryoning vallomati bor, [[:w:Zafar Roʻziyev|Roʻziyev]] degan, 5 yil qishloq xoʻjaligi vaziri boʻlib ishlagan noinsof. [[Abdusalom Azizov|DXX rahbari]] borganidan soʻng chiqqan izohlarni oʻqi. Bitta jinning qarindoshi bilan janjal qilib, mening siyosatimni butun dunyoga sharmanda qildi. Oʻzimni tumanim, u qilaman, bu qilaman, deysan. Bitta tuzukroq kadring yoʻq, yana Dehqonobodga tirmashasan. Mana, menga qilgan „doʻstliging“. Oʻzbekistondagi hozirgi oshkoralik, shaffoflikni taʼminlay, deb kechayu-kunduz yuritayotgan siyosatimga atrofingdagilar bilan qilgan „doʻstliging“. Qoʻlingdan kelmas ekan, nima qilasan bir odamning tuppa-tuzuk turgan uyini buzib? Sen xulosa qil, uyingni birov kelib buzsa [nima qilasan]? Noinsoflar, men sizlarning qay biringga buzgin, deb topshiriq berdim? Men sizlarga avvalo odamlarni rozi qilib, keyin janob Zokirov degan vazir bilan oʻtirib, loyiha qilib, bosh vazirga hisobot berib, keyin qilinglar, deb topshiriq berganman. Mana, sening „doʻstliging“, janob Roʻziyev! Oʻzingni oʻsha tumanga hokim qilib yuboraman, aytib qoʻyay! Mana, internet foydalanuvchilarining Rishton tumanidagi koʻchmas mulk buzilishlariga nisbatan izohlari. Men sizlarga tayyor pul beryapman, pulni „Obod qishloq“ qilinglar, deb beryapman. Mana, sening menga „doʻstliging“, [[Shuhrat Gʻaniyev|Gʻaniyev]] degan vallomat! Mana, odamlar izohlarda yigʻlayapti, sening rasming yoʻq, prezidentning rasmi bor. Sen noinsof borib, Ermanovga oʻxshab ahmoqlarcha „buza, buz“ deysan. Buzishdan avval sen oʻz boshingni buz. Men seni shuning uchun tarbiya qilib yuruvdimmi? Qosh qoʻyaman deb koʻz chiqarib, butun Oʻzbekistonni [sharmanda qilyapsizlar]. Bolalar mehnati bor edi, endi u yoʻq boʻldi, endi butun internet prezident topshiriq bergan, buzish, odamlarni norizo qilish bilan toʻlib toshdi. Ey noinsof, Rishton boʻyicha ham senga pul berib aytdimki, Rishtonni yangilash kerak, biroq odamlarni rozi qilib qilish kerak, deb. Janob Gʻaniyev, tajribali hokim! Mayli, Ermanov kecha kelgan hokim, Roʻziyev ikkalang xiyonatchisan! Sizlar bilan katta-katta ishlarni amalga oshira olamizmi? Hech qachon oshira olmaymiz! Chunki sizlarga bir topshiriq berishga odam qoʻrqadi! Nega desangiz, saviyang yoʻq, biliming yoʻq, kitob ham oʻqimaysan, prezidentning qarorini ham<ref>[https://kun.uz/92673974 „Buzishdan avval sen oʻz boshingni buz“. Prezident hokimlarga qanday tanbeh bergandi?]</ref>. === 2020-yil === ==== 23-sentyabr ==== Bunday global falokat sayyoramizda soʻnggi yuz yilda kuzatilmagan edi. Bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol koʻrsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar oʻzaro bogʻliq ekanini, oʻrtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik oʻta muhimligini isbotladi. Shu yoʻlda barchamiz hukumatlar, parlamentlar va fuqarolik jamiyatlarining oʻzaro saʼy-harakatlarini birlashtirish, umumiy masʼuliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro sheriklikni muvofiq holda rivojlantirish, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maqomi va salohiyatini oshirish, vakolatlarini kengaytirish lozimligini chuqur angladik. Maqsadimiz – har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini taʼminlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir. Biz uchun gender tenglik siyosati ustuvor masalaga aylandi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi oʻrni tobora kuchaymoqda. Yangi Parlamentimizda ayol deputatlar soni ikki barobarga koʻpaydi. Inson huquqlari sohasidagi holat ham butunlay oʻzgardi. Majburiy va bolalar mehnati toʻliq tugatildi. Inson huquqlari boʻyicha Milliy strategiya qabul qilindi. BMTning fuqaroligi boʻlmagan insonlar sonini kamaytirishga qaratilgan chaqirigʻiga javoban shu yilning oʻzida 50 ming yurtdoshimizga Oʻzbekiston fuqaroligi berildi<ref>{{cite web|url=https://www.gazeta.uz/oz/2020/09/23/bmt/|title=Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasida oʻzbek tilida nutq soʻzladi}}</ref>. === 2021-yil === ==== 25-yanvar ==== Men siz bilan birinchi marta gaplashayapman. Kamroq gapiring… Menga qilgan ishlaringizni… Balandparvoz gaplar menga yoqmaydi, ish joyini tashkil qilib, kambagʻalni kamaytirish kerak. Eng katta maqsadim shu<ref>{{Cite web|url=https://daryo.uz/2021/01/25/kamroq-gapiring-balandparvoz-gaplar-menga-yoqmaydi-shavkat-mirziyoyev/|title=“Kamroq gapiring. Balandparvoz gaplar menga yoqmaydi” — Shavkat Mirziyoyev|lang=uz-Latn-UZ|first=Online Service|last=Group|website=Daryo|date=2021-01-25|access-date=2026-04-10}}</ref>. ==== 20-avgust ==== – „Hurmatli Prezident, hozir banklar va rahbarlarga bergan topshiriqlaringizdan oʻzimni voobshe yoʻqotib qoʻydim“<br /> – „Voobshe yoʻqotma oʻzingni! Voobshe“<ref>[https://daryo.uz/2021/08/20/shavkat-mirziyoyev-tadbirkorga-voobshe-yoqotma-ozingni-voobshe-video "Shavkat Mirziyoyev tadbirkorga: „Voobshe yoʻqotma oʻzingni! Voobshe“ (video).]</ref>. ==== 21-avgust ==== Inson va jamiyat hayotida, xalqning maʼnaviy dunyosini, ong-u tafakkurini yuksaltirishda teatr sanʼatining oʻrni va ahamiyati beqiyosdir<ref>{{cite web|url=https://xabar.uz/uz/madaniyat/prezident-teatr-sanati-xodimlarini-tabrikladi|title=Prezident teatr san’ati xodimlarini tabrikladi|publisher=xabar.uz}}</ref>. === 2022-yil === ==== 13-yanvar ==== Kuni kecha baʼzi davlat rahbarlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi [[Qozogʻiston]]da boʻlib oʻtgan voqealardan saboq chiqarishi lozimligi haqida asossiz bayonot berildi. Biz mintaqadagi vaziyatni, xavfsizlikka boʻlgan barcha xavf-xatarlarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Har qanday tahdidga nisbatan munosib javob qaytarish va zarba berish uchun biz yetarli kuch va salohiyatga egamiz<ref>{{cite web|url=https://daryo.uz/2022/01/13/shavkat-mirziyoyev-o%25ca%25bbzbekiston-ham-qozog%25ca%25bbistondagi-voqealardan-saboq-chiqarishini-aytgan-prezident-so%25ca%25bbzlariga-munosabat-bildirdi/|title=Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoning Oʻzbekiston haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi}}</ref>. === 2023-yil === ==== 16-yanvar ==== Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlarining bugungi holatga tayyor emasligini men oʻzim ham koʻrib turibman, xalqimiz ham koʻrib turibdi. 120 ta mahallada elektr va gaz taʼminotida uzilishlar boʻldi. 584 ta mahalladan 120 tasida mana shunday muammolar boʻldi. Birgina 15-yanvar kuni Toshkent shahridagi yettita yuqori va 524 ta past kuchlanishli transformator hamda 87 ta transformator ortiqcha yuklamalarga bardosh berolmay ishdan chiqdi. Nega poytaxtda shunday boʻldi? Nega oldindan tayyorgarlik qilmadik? Shuncha gap gapirganimizga qaramay, Vazirlar Mahkamasi qayerga qaragan degan savol meni qiynayapti. Qish mavsumiga lozim tayyorgarlik qilmagani uchun Toshkent shahri hokimi [[Jahongir Ortiqxoʻjayev|Ortiqxoʻjayevni]] kechasi shtabda ishdan oldim. Quruq gap bilan, yolgʻon hisobot bilan pastga tushmagani uchun, noinsof, oyogʻi yerdan uzilgani uchun uni ishdan oldim<ref>{{cite web|url=https://daryo.uz/2023/01/16/jahongir-ortiqxo%25ca%25bbjayev-ishdan-olindi|title=Jahongir Ortiqxoʻjayev ishdan olindi|sana=|qaralgan sana=16.01.2023}}</ref>. ==== 2-avgust ==== Oʻzbekistonda futbol eng sevimli sport turi. Har oʻnta odamdan toʻqqiztasi uning muxlisi desa boʻladi. Bu ommaviylikdan foydalanib, futbolni tubdan rivojlantirish kerak. Birinchidan, yurtimizda 10 mingta maktab bor, 208 ta tuman-shahar bor. Xoʻsh, maktab, mahalla, jamoalarda futbol qanday boʻladi? Ikkinchidan, futbolga mehr qoʻygan bolalar oʻz yoʻlini topishi uchun nima qilishimiz kerak? Uchinchidan, yoshlar futboldan ketgandan keyin nima bilan shugʻullanadi, ularga qoʻshimcha kasb-hunar berishni ham oʻylash zarur. Xalqimizning sportga mehri kuchli. Ayniqsa, futbol „oilaviy doʻstimiz“. [[Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi|Milliy terma jamoamiz]] oʻyinlarini hammamiz gʻurur, faxr, hayajon bilan kuzatamiz. Sizlar oilada ota-onangizning farzandi boʻlganingiz bilan maydonda xalqimizning farzandisizlar. Ana shuni doim yodda tuting. Futbolchilar dunyo kezadi, chet el jamoalarida oʻynaydi. Ular Oʻzbekiston tarixini, sharoitlarini yaxshi bilishi kerak. Ular bizning elchilarimiz, bolalarga namuna<ref>{{cite web|url=https://kun.uz/84772242|title=Shavkat Mirziyoyev: «Oʻzbekistonda futbol – eng sevimli sport turi. Har 10 kishidan 9 nafari uning muxlisi desa boʻladi»}}</ref>. ==== 22-dekabr ==== Oʻzini „koʻcha“ deb ataydigan jinoiy guruhlar boʻladimi, korrupsiyaga berilgan mansabdor shaxslar boʻladimi, kim qonunga bepisand qarab, davlat va jamiyatga zarar yetkazadigan boʻlsa, biz bunga hech qachon jim qarab turolmaymiz. Koʻchalarimiz, mahallalarimiz, hayotimiz tom maʼnoda tinch va toza, jinoyatdan holi boʻlishi kerak<ref>{{cite web|url=https://m.kun.uz/news/2023/12/22/biz-bunga-hech-qachon-jim-qarab-turolmaymiz-prezident-jinoyatchilik-va-korrupsiyaga-qarshi-kurash-tadbirlari-haqida|title=«Биз бунга ҳеч қачон жим қараб туролмаймиз» — президент жиноятчилик ва коррупцияга қарши кураш тадбирлари ҳақида}}</ref>. Yaqinda poytaxtimizda oʻtkazilgan „Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari“ mavzusidagi konferensiya jahon ilm-fan va madaniy jamoatchiligi oʻrtasida katta qiziqish va eʼtibor uygʻotdi. Bu ishlarni yanada kengaytirish va yangi bosqichga koʻtarish maqsadida prezident qarori qabul qilinadi. Maʼrifatparvar ajdodlarimizning merosi bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati uchun poydevor boʻlib xizmat qilishi tabiiy. Bu kimgadir yoqadimi yoki yoʻqmi, xalqimiz jadid bobolarimiz koʻrsatib bergan yoʻldan ogʻishmay borishi kerak. Chunki ularning gʻoya va dasturlari Yangi Oʻzbekistonni barpo etish strategiyasi bilan har tomonlama uygʻun va hamohangdir<ref>{{cite web|url=https://m.kun.uz/news/2023/12/22/jadidlar-goyalari-yangi-ozbekistonni-barpo-etish-strategiyasi-bilan-hamohang-prezident|title=«Жадидлар ғоялари Янги Ўзбекистонни барпо этиш стратегияси билан ҳамоҳанг» — президент}}</ref> === 2024 === ==== 14-fevral ==== Kogon tumani prokurori 100 ming dollar bilan qoʻlga tushdi. Buni nima uchun elga aytyapman? Biz amalda mana bu ham prokurorning oʻzining harakati bilan bunday narsalar amalga oshyaptiki, [[Nigʻmatilla Yoʻldoshev|bu oʻzi]] kurashchi boʻlib, uning xodimi oʻgʻri boʻlsa, dardimizni kimga aytaylik? Uch kun oldin menga aytdi. Men aytdimki, indamanglar, oxirigacha… ertaga suddan qaytmasligi kerak bu narsa. Sekin-sekin… 200 ming dollarni gaplashgan u. 91 ming olib kelyapti. „Yoʻq, narigisini ham olib kelasan“, deyapti. Uni ham indamanglar dedim, sekin yana 3-kuni 91 ming dollar olib keldi-da, 101 ming dollarini olib kelinglar deyapti. Endi yana mayda-chuyda boʻlmasin-ku, oʻnini oʻrtadagi vositachilar olib qoʻyyapti. Yoʻq, deydi noinsof prokuror, oʻnini ham menga olib kelinglar, deyapti<ref>{{cite web|url=https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/14/prosecutor/|title=Kogon tumani prokurori 90 ming dollar olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda}}</ref><ref>{{cite web|url=https://www.gazeta.uz/uz/2024/02/16/prokuror/|title=Президент — 100 минг доллар билан қўлга тушган Когон прокурори ҳақида}}</ref>. === 2025 === ==== 16-iyun ==== Toshkent shahri va viloyat markazlarida birorta hokim boʻsh joylarni topib, yashil hudud, odamlar toza havoga chiqib oʻtiradigan joylar, sport maydonchalari, fontanlarni koʻpaytirishni oʻylamayapti. Bor sport maydonchalari va bolalar oʻyingohlari, uylar orasidagi yashil hududlar qurilish uchun berib yuborilayotganidan odamlar norozi. Maqsadi bitta – qolgan yerlarni qurilish qilish uchun tadbirkorlarga sotish! Qani topshiriq nazorati? Qani qonunning kuchi?<ref>{{cite web|url=https://kun.uz/news/2025/06/16/maqsadi-bitta-tadbirkorlarga-sotish-prezident-yashil-hududlar-qurilish-uchun-berib-yuborilayotganini-tanqid-qildi|title=«Maqsadi bitta – tadbirkorlarga sotish!» – prezident yashil hududlar qurilish uchun berib yuborilayotganini tanqid qildi}}</ref> ==== 2-iyul ==== Ozarboyjonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli yangilanishlar va mamlakat erishayotgan yuksak natijalardan chin dildan xursandman. Siz otangiz va har bir ozarbayjonlikning azaliy orzusini roʻyobga chiqardingiz – mamlakat hududiy yaxlitligini tikladingiz. Qaytarib olingan hududlarning iqtisodiyoti va infratuzilmasini modernizatsiya qilish boʻyicha faol ish olib boryapsiz<ref>{{cite web|url=https://kun.uz/news/2025/07/02/otangiz-va-ozarboyjonliklarning-azaliy-orzusini-royobga-chiqardingiz-mirziyoyev-aliyevga|title=Otangiz va ozarboyjonliklarning azaliy orzusini ro‘yobga chiqardingiz – Mirziyoyev Aliyevga}}</ref>. === 2026-yil === ==== 27-yanvar ==== Oʻtgan yilda poytaxtda 1,5 mingdan ortiq narkotikka ruju qoʻyganlar rasman roʻyxatga olingan. Eng achinarlisi, „soya“da boʻlgan giyohvandlarning soni bundan ham koʻp. Ularning aksariyati yoshlar. Ular narkotik uchun oyiga oʻrtacha 20−25 million soʻm sarflayapti. Giyohvand mablagʻ topish ilinjida jinoyatga qoʻl urishi tabiiy. Endi sizlarni nazorat qiladigan tizim boʻladi: nechada ishga kelasan va nima ish qilyapsan, nima uchun oylik olyapsan? Oʻzbekiston poytaxtini kimga ishonib qoʻyganman?<ref>{{cite web|url=https://kun.uz/news/2026/01/27/prezident-toshkent-shahri-prokurori-va-iibb-boshligiga-hayfsan-berdi|title=«Poytaxtni kimga ishonib qo‘yganman?» – Prezident Toshkent shahri prokurori va IIBB boshlig‘iga hayfsan berdi}}</ref> ==== 14-fevral ==== Men bir hayotiy fikrni takrorlashdan charchamayman: bitta qizni oʻqitsak, butun oilani oʻqitgan boʻlamiz. Oila bilimli, maʼrifatli boʻlsa, butun jamiyat bilimli, maʼrifatli boʻladi. Bu boradagi ishlarni yanada jadal davom ettiramiz<ref>{{cite web|url=https://oyina.uz/uz/posts/26802|title=“Bitta qizni oʻqitsak, butun oilani oʻqitgan boʻlamiz” – Shavkat Mirziyoyev|publisher=Oyina.uz}}</ref>. ==== 13-fevral ==== Endi vazirlar, hokimlar oʻziga savol bersin: shuncha imkoniyat boʻla turib, aholi koʻtargan masalalarga vaqtida yechim topib beryaptimi? Bundan toʻqqiz yil oldin Xalq qabulxonalari tashkil qilinganda bitta maqsad qoʻyilgan edi: davlat idoralarini xalqqa yaqinlashtirish. Toʻgʻri, Xalq qabulxonalari vaqtida samarali ishladi. Lekin bu idorani ham odamlarning bugungi talabiga mos holda oʻzgartiradigan vaqt keldi<ref>{{cite web|url=https://qalampir.uz/uz/news/shavkat-mirziyeev-nomiga-sayyer-k-abul-utkazib-yurgan-%D2%B3okimlarni-tank-id-k-ildi-133508|title=Shavkat Mirziyoyev “nomiga” sayyor qabul o‘tkazib yurgan hokimlarni tanqid qildi}}</ref> == Manbalar == {{manbalar|2}} == Havolalar == {{Vikipediya|Shavkat Mirziyoyev}} {{Ulashish}} [[Turkum:1957-yilda tugʻilganlar]] [[Turkum:Oʻzbekiston Prezidentlari]] m7ks1byu029212ntprwbkuqbu5ml5yr Nodira 0 4715 26508 22032 2026-04-10T19:07:22Z CommonsDelinker 14 Removing [[:c:File:Nadira.jpeg|Nadira.jpeg]], it has been deleted from Commons by [[:c:User:Ymblanter|Ymblanter]] because: per [[:c:Commons:Deletion requests/File:Nadira.jpeg|]]. 26508 wikitext text/x-wiki {{Shaxsiyat bilgiqutisi | Ismi = Nodira | Tasvir = | wikipedia = Nodira }} '''Nodira''' (taxallusi; ismi '''Mohlaroyim'''; 1792-yil, Andijon – 1842-yil, Qoʻqon) – oʻzbek shoirasi, maʼrifatparvari va davlat arbobi. „Komila“ va „Maknuna“ taxalluslari bilan ham sheʼrlar yozgan. {{ABD}} == A == * Alarki muddai norasou dundurlar,<br />Mudom ahli xirad onda zabundirlar<ref name=":0">{{Kitob manbasi|title=Mashriqzamin hikmat boʻstoni|author=Hamidjon Xomidiy|coauthors=Mahmud Hasaniy|publisher=„Sharq“ nashriyotmatbaa konserni|year=1997-yil|location=Toshkent|pages=251|url=https://n.ziyouz.com/books/hikmatlar/Hamidjon%20Xomidiy,%20Mahmud%20Hasaniy.%20Mashriqzamin%20hikmat%20bo'stoni.pdf}}</ref>. == B == * Badxohlar hamisha olamda xor boʻlgʻay,<br />Har kimki boʻlsa dushman xoru zor boʻlgʻay.<br />Adl aylabon karam qil, shudir [[xudo]] rizosi<ref name=":0" />. == D == * Dono har diyorda azizu mukarramdir,<br />Nodon aziz boʻlgan diyorga laʼnatlar boʻlsun<ref name=":0" />. * [[Dunyo]] chamanining bulbulisen,<br />Gul shoxida oshyon etib ket<ref name=":0" />. == E == * Elning aybini zohir etmogʻligʻ,<br />Yoʻqdir [[insof]] ila muruvvatdin<ref name=":0" />. == J == * Jahon oʻzboshimchalari maydonda [[obroʻ]] qozonolmaydi.<br />Ittifoqla birikkan barmoqlar qilichning ishini qilar<ref name=":0" />. == K == * Kishiga [[himmat]]i mardona kerak<ref name=":0" />. == M == * [[Maqsad]] na edi jahona kelding,<br />Kayfiyatini bayon etib ket<ref name=":0" />. * Moyili zulm etma koʻzing turqini,<br />Yoʻqsa qilur mardum uyini xarob<ref name=":0" />. * [[Muhabbat]]siz kishi odam emasdur,<br />Gar odamsen, [[muhabbat]] ixtiyor et<ref name=":0" />. == O == * Olam elida [[vafo]] topilmas,<br />Bu gavhar erur jahonda noyob<ref name=":0" />. == Y == * Yor aylasa yeri birla iftor,<br />Yoʻq [[roʻza]]da mundin oʻzga davlat<ref name=":0" />. * Yorning vasli emas ozorsiz,<br />Gulshan ichra gul topilmas xorsiz.<br />Tan buzuldi emdi rohat qolmadi,<br />Soya paydo boʻlmagʻay devorsiz<ref name=":0" />. == Oʻ == * Oʻshalkim eldi aybini yoshursa,<br />[[Xudo]] ul bandani magʻfur tutqay<ref name=":0" />. == Sh == * Shoh uldurki, raiyatga tarahhum qilsa,<br />Yoʻq esa qoidai amnu amon barcha abas<ref name=":0" />. == Manbalar == {{manbalar|2}} == Havolalar == {{Vikipediya}} {{Markaziy Osiyo allomalari}} [[Turkum:Shoiralar]] [[Turkum:Alifbo boʻyicha davlat arboblari]] [[Turkum:1792-yilda tugʻilganlar]] [[Turkum:1842-yilda vafot etganlar]] [[Turkum:Ayollar]] mw36h8rn4rpj13a9tn4i4gm8i0i9z3b Chulpan Xamatova 0 7729 26509 26483 2026-04-11T08:17:58Z Husanowar 2692 26509 wikitext text/x-wiki [[File:Чулпан_Хаматова.jpg|thumb|250px|Chulpan Xamatova 2009-yilda]] '''[[w:en:Chulpan Khamatova|Chulpan Nailevna Khamatova]]''' (ruscha: '''Chulpan Nailevna Xamatova'''; tatarcha: '''Chulpan Nail kizi Xamatova''') (1-oktyabr, 1975-yil) – kelib chiqishi Volga tatarlariga mansub rossiyalik kino, …teatr va televideniya aktrisasi. == Iqtiboslar == * Chegara – bu mening [[vijdon]]im. ** hukumat bilan murosaga qanchalik borishi mumkinligi haqidagi savolga javoban, [https://www.dw.com/en/russian-star-khamatova-discusses-dissident-director/a-39114121 „Russian star Khamatova discusses dissident director“ in ''Deutsche Welle'' (4 June 2017)] * Mening bolalarim filmlarimni koʻrmaydi. Ular bunga qiziqmaydi. Ular onasini aktrisa sifatida qabul qilishni istamaydi. ** [https://esquire.ru/rules/6929-chulpan-khamatova/#part0 „Pravila jizni Chulpan Xamatovoy“ in ''Esquire''] * Soʻnggi yillarda oʻlimga boʻlgan munosabatim ancha oʻzgardi. Men oʻz oʻlimimni oson qabul qila olaman. Bu qiyin emas. Qiyin narsa – yaqin insonni yoʻqotish. ** [https://esquire.ru/rules/6929-chulpan-khamatova/#part0 „Pravila jizni Chulpan Xamatovoy“ in ''Esquire''] * Menimcha, [[musiqa]] men uchun eng ifodali sanʼat turlaridan biridir. Albatta, men professional tarzda ijro etmayman, ammo u juda katta rol oʻynaydi. U menga boshqacha fikrlash va yashashni davom ettirishga yordam beradi. ** [https://www.mariinsky.ru/en/news1/interview1/interview_with_chulpan_khamatova/ „An interview with Chulpan Khamatova“ in ''Mariinsky Theatre'' (28 February 2012)] * Men quvnoq inson boʻlishga harakat qilaman, ammo, afsuski, bu koʻp jihatdan iroda kuchiga bogʻliq. ** [https://www.mariinsky.ru/en/news1/interview1/interview_with_chulpan_khamatova/ „An interview with Chulpan Khamatova“ in ''Mariinsky Theatre'' (28 February 2012)] * Dunyoning yaxshilanishi har doim ogʻriq, charchoq va adolatsizlik hissi bilan birga keladi. Bu goʻyo yengib boʻlmaydigan devorga oʻxshaydi. Ammo baribir bir payt kelib, qorongʻulik ortida yorugʻlik paydo boʻladi. Inson shu yorugʻlik sari yuradi va devorda yoʻl ochishga harakat qiladi. ** [https://www.fondpotanin.ru/en/press/news/fostering-leadership-online-talk-with-chulpan-khamatova/ "„Fostering Leadership“: online talk with Chulpan Khamatova" in ''Vladimir Potanin Foundation'' (7 August 2020)] * Men hozirgi sanʼatda inqiroz aks etayotganini koʻryapman. Holbuki pesalar, filmlar va teatr asarlari hali ham mavjud. Bu qiyin davr sanʼatkorlarni oʻzgartirdi. Ilgari ijtimoiy mavzulardan uzoq yurganlar ham endi bu mavzularga murojaat qilmoqda. Bu holat yanada kuchayadi, deb oʻylayman. ** [https://www.fondpotanin.ru/en/press/news/fostering-leadership-online-talk-with-chulpan-khamatova/ "„Fostering Leadership“: online talk with Chulpan Khamatova" in ''Vladimir Potanin Foundation'' (7 August 2020)] * Men inqiloblarni xohlamayman. Chunki bunday jarayonlarda begunoh insonlar zarar koʻradi. Menimcha, bu notoʻgʻri. Inqiloblarga yoʻl qoʻymaslik kerak. Buning oʻrniga mavjud imkoniyatlardan foydalanish zarur. ** [[Vladimir Putin]]ni qoʻllab-quvvatlash sabablari haqida, [https://tvrain.ru/teleshow/sobchak_zhivem/chulpan_khamatova_ya_by_vybrala_severnuyu_koreyu_a_ne_revolyutsiyu-286479/ Chulpan Xamatova: „Ya ochen mnogo chego boyus“ (7 June 2012)] * Men uchun taʼlimdagi eng muhim narsa – mas’uliyat hissini shakllantirishdir. Agar inson oʻz soʻzlari uchun javob bera olsa, hayot osonlashadi. Agar doim boshqalar sizdan qarzdor deb oʻylasangiz, bu notoʻgʻri. ** [https://tvrain.ru/teleshow/sobchak_zhivem/chulpan_khamatova_ya_by_vybrala_severnuyu_koreyu_a_ne_revolyutsiyu-286479/ Chulpan Xamatova i ee 17-letnyaya doch dali pervoe sovmestnoe intervyu (18 October 2019)] * Men Qozon shahrida tugʻilganman. Bu Sovet davri edi. Oʻsha paytda tatar tili va musilmon anʼanalari mavjud emas edi. Men oʻtmishsiz, ildizsiz Sovet bolasi boʻlib ulgʻayganman, chunki oʻsha davrda bu haqda gapirish taqiqlangan edi. ** [https://variety.com/2020/tv/news/chulpan-khamatova-communist-backlash-zuleikha-1234627594/ „Russiaʼs Chulpan Khamatova on Stalinist Backlash Over ‘Zuleikhaʼ (EXCLUSIVE)“ in ''Variety'' (10 June 2020)] == Havolalar == {{vikipediya}} [[Turkum:1975-yilda tugʻilganlar]] [[Turkum:Yashayotgan insonlar]] dixv3ljnfn8mj6vcxd5foaes5ofb1xi